Выберите язык

Davlatobod tumanida tibbiyot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbir tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning iste’molchilar huquqlari borasidagi bilimlarini oshirish, shuningdek, tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga bag‘ishlandi.

Davra suhbatida ishtirokchilarga bemorlar huquqlari, tibbiy xizmat sifati, shaffoflik va mas’uliyat masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, amaliyotda uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

Tadbir davomida tibbiyot xodimlariga O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tartibi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, 1091 qisqa ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari tushuntirilib, kelib tushayotgan murojaatlarni tezkor va samarali hal etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Mazkur tadbir tibbiyot xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening