Выберите язык

⚡️Dehqonobod tumanida isteʼmolchi huquqi tiklandi 

O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi iste’molchilarning haqiqiy himoyachisi sifatida faoliyat yuritmoqda. Agar sizning huquqlaringiz buzilgan bo‘lsa, federatsiya yoki hududingizdagi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilishingiz mumkin.

Yaqinda shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani yashovchi fuqaro Oʻ.A tuman markazida joylashgan savdo majmualarning biridan 3 700 000 soʻmga naqd pul evaziga "TECH" rusumli konditsionerni xarid qilgan. Oradan bir necha kun vaqt oʻtib, konditsioner nosoz holga kelib sovutmay qolgan. Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida savdo doʻkoniga borganida doʻkon rahbari eshitishni ham xohlamagan.

✅ Shundan soʻng isteʼmolchi Dehqonobod tumani jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. Jamiyat mutaxassislari masalani atroflicha o‘rganib chiqdi va natijada nosoz konditsionerni  shu rusumdagi yangi yaroqli konditsionerga almashtirib berildi.

Bu voqea iste’molchilar huquqlari qonuniy himoya qilinayotganining yaqqol isboti bo‘ldi. Har bir fuqaro sifatli mahsulot xarid qilishga haqli va agar unga nuqsonli mahsulot sotilgan bo‘lsa, uni yangisiga almashtirib berish yoki pulini qaytarish sotuvchining majburiyatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening