Выберите язык

Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.Jumaniyazov "N.S" do‘konidan
"Alif Nasiya" orqali 11 mln so‘mga kir yuvish mashinasi, changyutgich va gaz plita sotib olgan.

Biroq, oradan 5 oy o‘tgandan so‘ng chang yutgich motori kuyib ketgan, 10 oydan so‘ng esa kir yuvish mashinasi ishdan chiqqan.
Shuningdek, hujjatlarda - operator xatosi tufayli maishiy texnikalar o‘rniga "sement" deb yozilganligi ma’lum bo‘lgan.

Muammo bo‘yicha fuqaro Nukus shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.Murojaat zudlik bilan mutaxassislar tomonidan qonun asosida o‘rganib chiqildi.

Natijada: Jamoat aralashuvi bilan do‘kon o‘z xatosini tan olib, fuqaroning 5,5 mln so‘mlik kir yuvish mashinasi to‘liq yangisiga almashtirib berilishiga erishildi.

📌 Eslatma: Buyum sotib olayotganda shartnoma va kafolat qog‘ozlarini diqqat bilan tekshiring!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening