Выберите язык

Aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining Andijon viloyati Andijon tuman jamiyatiga “Roxat” MFY, Olmozor ko‘chasi, 12-uyda yashovchi fuqaro Abduqayumova To‘tixon murojaat qildi. Murojaatda Andijon tuman elektr energiyasi ta’minoti tomonidan uning hisobiga 500 ming so‘m miqdorida asossiz qarzdorlik hisoblanganidan norozilik bildirilgan.

Mazkur murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tegishli hisob-kitoblar tahlil qilindi. Natijada fuqaro zimmasiga hisoblangan 500 ming so‘mlik qarzdorlik qayta hisob-kitob qilinib, to‘liq bekor qilindi.

Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, elektr energiyasi bo‘yicha asossiz moliyaviy majburiyat bartaraf etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening