Выберите язык

⚡ ELEKTR HISOBLAGICHI YANGISIGA ALMASHTIRILDI — FUQARO MUAMMOSI HAL ETILDI
⚖️ O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Bulung‘ur tuman jamiyatiga “Ishonch telefoni” orqali fuqaro D.M tomonidan murojaat kelib tushdi.
📄 Murojaatda fuqaro elektr hisoblagichi yomg‘ir suvi kirishi oqibatida ishlamay qolganini, uni boshqa elektr hisoblagichga almashtirib berishni so‘raganini, biroq elektr ta’minoti xodimlari hisoblagichni o‘z hisobidan sotib olishi kerakligini bildirganidan norozi ekanini ma’lum qilgan.
🔎 Mazkur murojaat Bulung‘ur tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mas’ul xodimlarga amaldagi qonunchilik talablari tushuntirildi.
✅ O‘rganish natijasida fuqaroning elektr hisoblagichi yangisiga almashtirib berildi. Shu tariqa, iste’molchining murojaati ijobiy hal etildi.
📍 Samarqand viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hududiy birlashmasi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening