Ellikqalʼada fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi: Gaz ballonlari uyiga yetkazildi
Xalqning murojaatlari va ularning hal etilishi har doim eʼtibor markazida. Soʻnggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda va xalq orasida eng koʻp tarqalgan masalalardan biri — uylarni suyultirilgan gaz bilan taʼminlash hisoblanadi. Bugun biz jurnalist sifatida Ellikqalʼa tumanida yuzaga kelgan bir vaziyatni va uning qanday ijobiy hal etilganini oʻrgandik.
2026-yilning iyun oyi boshida Ellikqalʼa tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga tuman aholisidan norozilik kelib tushgan edi.
Aytib oʻtish joizki: Amirobod MFY turgʻuni Xudoybergenov Sobirjon va Guldursun MFY turgʻuni Ibragimov Qudrat oʻzlariga tegishli boʻlgan suyultirilgan gaz ballonlarining vaqtida yetkazib berilmayotganligini bildirgan.
Murojaatchilarning aytishicha, oʻzlarining shaxsiy mablagʻlariga sotib olgan qoʻshimcha gaz ballonlari gaz taʼminoti idorasi tomonidan olib qoʻyilib, qaytarib berilmagan. Natijada gaz ballonlar oilada bitta gaz ballon boʻlganligi sababli orada oylab uzilishlar boʻlgan. Xudoybergenov Sobirjonning bildirishicha, 2026-yil davomida faqatgina ikki marta gaz ballon olgan.
Ushbu murojaatlar boʻyicha Ellikqalʼa tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tezlik bilan ishga kirishdi va qonun doirasida oʻrganish ishlari olib borildi.
Jamiyat aralashuvi va tushuntirish ishlari natijasida "Ellikqalʼa tumangaz" taʼminoti idorasi tomonidan har bir oilaga 1 donadan toʻla suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishiga erishildi.
Ellikqalʼada fuqarolarning murojaati ijobiy hal etildi: Gaz ballonlari uyiga yetkazildi
- Информация о материале
- Автор: Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 39
























