O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashi yig‘ilishining 2026-yil 24-apreldagi 03-03/03-26-sonli bayoni (qarori) asosan Federatsiya markaziy ijro etuvchi apparati uchun birlamchi yoki ikkilamchi bozordan zamonaviy xizmat avtomashinasini sotib olish rejalashtirilmoqda.
Shu munosabat bilan avtomashina sotish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, avtosalonlar hamda boshqa tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Shu munosabat bilan avtomashina sotish istagini bildirgan yuridik va jismoniy shaxslar, tadbirkorlik subyektlari, avtosalonlar hamda boshqa tashkilotlardan tijorat takliflari qabul qilinadi.
Taklif etilayotgan avtomashina quyidagi asosiy talablarga javob berishi lozim:
- zamonaviy, ishonchli va xavfsiz bo‘lishi;
- xizmat maqsadlarida foydalanishga mos kelishi;
- texnik jihatdan soz holatda bo‘lishi;
- haydovchi va yo‘lovchilar uchun zarur qulayliklarga ega bo‘lishi.
Taqdim etiladigan taklifda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi so‘raladi:
1. avtomashinaning rusumi va modeli;
2. ishlab chiqarilgan yili;
3. yangi yoki avval foydalanilganligi;
4. texnik tavsiflari va komplektatsiyasi;
5. dvigatel turi va hajmi;
6. yoqilg‘i turi va o‘rtacha sarfi;
7. bosib o‘tgan masofasi — ikkilamchi bozor avtomashinasi uchun;
8. avtomashinaning rangi;
9. kafolat va servis xizmati shartlari;
10. sotuv narxi, to‘lov tartibi va muddatlari;
11. avtomashinaning yetkazib berish yoki topshirish shartlari;
12. sotuvchining aloqa ma’lumotlari va bank rekvizitlari.
Ikkilamchi bozordan avtomashina taklif etilganda, vakolatli baholash tashkilotlaridan tomoinidan qayta baholangan narxi shuningdek, avtomashinaga nisbatan garov, xatlov, taqiq, qidiruv yoki uchinchi shaxslarning huquqlari mavjud emasligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar taqdim etilishi lozim.
Kelib tushgan takliflar avtomashinaning narxi, ishlab chiqarilgan yili, texnik holati, xavfsizlik va qulaylik darajasi, hamda boshqa maqbul ko‘rsatkichlar asosida maxsus komissiya tomonidan xolisona o‘rganib chiqiladi. Eng maqbul taklif belgilangan tartibda tanlab olinadi.
Tijorat takliflari 2026-yil 3-avgust kuniga qadar yozma yoki elektron shaklda quyidagi manzilga taqdim etilishi mumkin:
Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 55-uy.
Telefonlar: 71 239-14-01; +998 90 393-00-02.
Barcha takliflar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Izoh: tijorat taklifining taqdim etilishi Federatsiya zimmasiga taklif etilgan avtomashinani sotib olish majburiyatini yuklamaydi.
























