Выберите язык

Fargʻona viloyati, Quva tumanida yashovchi Nozimjon Xolmatov Nukus shahridagi “P” savdo markazidan 8 500 000 soʻmga “PREMIER 65” markali televizor sotib olgan. Biroq, 15 kun oʻtib texnikada nosozlik yuzaga kelgan.

Servis markazida 45 kun boʻyi masala hal etilmagach, isteʼmolchi Bosh prokuratura ishonch telefoniga murojaat etgan.Murojaat Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan nazoratga olinib, tubdan oʻrganib chiqildi.

Jamiyat mutaxassislarining aralashuvi va Toshkent shahridagi servis bilan olib borilgan suhbatlar natijasida televizorga yangi plata oʻrnatilib, toʻliq ishlab turgan holatda egasiga qaytarib berildi.

Fuqara oʻz navbatida koʻrsatilgan yordam va ijobiy natija uchun jamiyatga chin yurakdan oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening