Выберите язык

Farg‘ona shahri, 2026 yil 4 aprel — O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi tomonidan yangitdan qurib bitkazilgan zamonaviy ma’muriy bino — “Iste’molchilar uyi”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bino nafaqat yangi infratuzilma obyekti, balki iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiquvchi muhim institutsional markaz sifatida ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy xizmatlar — fuqarolar manfaati yo‘lida

“Iste’molchilar uyi” aholiga qulay va ochiq xizmat ko‘rsatish markazi sifatida tashkil etilgan bo‘lib, unda:

- fuqarolarning murojaatlari, ariza va shikoyatlari tezkor qabul qilinadi;
- bepul huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatiladi;
- nizoli holatlarni sudgacha hal etish va mediativ xizmatlar yo‘lga qo‘yiladi;
- elektron xizmatlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilgan.

Markazning asosiy vazifalari

Yangi bino faoliyati quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni qamrab oladi:

- iste’molchilar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish;
- murojaatlarni tizimli, shaffof va manzilli ko‘rib chiqish;
- aholining huquqiy savodxonligini oshirish;
- ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga alohida e’tibor qaratish;
- mahalliy hokimliklar, davlat organlari va mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish;
- jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish.

Tarix va taraqqiyot: iste’molchi — markazda

O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimi 1996 yilda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun bilan mustahkam huquqiy asosga ega bo‘ldi. Keyingi yillarda mazkur harakat institutsional jihatdan rivojlanib, Federatsiya tizimi shakllandi va bugungi kunda mamlakat bo‘ylab keng qamrovli tarmoq sifatida faoliyat yuritmoqda.
Xususan, Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasi 2003 yildan buyon aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy yordam ko‘rsatish va jamoatchilik nazoratini ta’minlashda muhim o‘rin tutib kelmoqda.
Yangi “Iste’molchilar uyi” ana shu tizimning zamonaviy bosqichini ifoda etadi.
Hududiy birlashma rahbariyati: “Iste’molchilar uyi — bu faqat murojaat qabul qiladigan joy emas, balki aholi, davlat va biznes o‘rtasida ishonchli muloqotni ta’minlaydigan ochiq maydondir. Bu yerda har bir murojaat e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi va adolatli yechim topadi.”
Ijtimoiy ahamiyat va kelgusi vazifalar

Mazkur markaz:

- aholi uchun qulay, shaffof va samarali xizmat tizimini ta’minlaydi;
- iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytiradi;
- adolatli va barqaror bozor munosabatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Shu bilan birga, markaz kelgusida tahlil, monitoring va profilaktika ishlarini kuchaytirish orqali sohadagi tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan kompleks platforma sifatida rivojlantiriladi.

Qo‘shimcha ma’lumot:
O‘tgan yili hududiy birlashma hamda tuman - shahar jamiyatlariga jami 913 ta murojaatlar, shularning 8 tasi “Prezidentga murojaat portali” hamda Bosh prokuratura ishonch telefoni orqali, 268 tasi Federatsiyaning 1091 Ishonch telefoni orqali, 26 tasi Federatsiya telegram boti orqali qabul qilib olingan bo‘lsa, 611 ta murojaat hududiy birlashma va tuman (shahar) jamiyatlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri, yozma va og‘zaki shakllarda kelib tushgan. Ularni o‘rganib chiqilishi natijalari bilan, iste’molchilar foydasiga 1 mlrd 911 mln 279 ming 860 so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan bo‘lsa, shundan 433 mln 804 ming 379 so‘mi sud idoralariga kiritilgan 24 ta da’vo arizalarini ko‘rib chiqilishi natijalari bilan iste’molchilar foydasiga undirilgan moddiy va ma’naviy zararlarni tashkil qiladi.

Tizim tashkilotlari qoshida tashkillangan “Iste’molchi bilan muloqot” huquqiy maslahatxonalari orqali 700 nafar fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar berilgan.

Shularning 97 tasi kommunal xo‘jalik, 118 tasi savdo, 42 tasi sog‘liqni saqlash, 17 tasi aloqa (internet) xizmatlari, 15 tasi transport, 22 tasi servis xizmatlari bo‘yicha, 236 tasi kommunal idoralar (elektr, gaz, suv ta’minoti) xizmatlari, 168 tasi boshqa sohalar bo‘yicha berilgan huquqiy maslahatlardan iboratdir. Shulardan 12 ta holatda davlat va nazorati qiluvchi organlarga, 7 ta holatda esa sud idoralariga murojaat qilinishi tushuntirilgan. Ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlarining zarur sifatini va xavfsizligini, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash bo‘yicha 17 ta monitoring kuzatuvlari o‘tkazilgan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi amaldagi qonun va qonunosti me’yoriy hujjatlarini keng targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning o‘tgan davrida hududiy birlashma va uning quyi tizimlari tomonidan 562 ta o‘quv seminarlari, davra suhbatlari va boshqa shakllardagi targ‘ibot tadbirlari tashkillangan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening