Выберите язык

   2026-yil 25-iyun kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan NKMK Jamg‘armasiga qarashli Tibbiy-sanitariya bo‘limida Federatsiya a’zoligiga qabul qilish yuzasidan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining faoliyati, asosiy maqsad va vazifalari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Federatsiya a’zoligining afzalliklari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
   Shuningdek, seminar-treningda iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, murojaatlar bilan ishlash tizimi, jamoatchilik nazoratini amalga oshirish hamda aholining huquqiy madaniyatini oshirish borasidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
  Tadbir ishtirokchilari tomonidan Federatsiya faoliyati yuzasidan berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi. Seminar yakunida Federatsiya a’zoligiga qabul qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlari davom ettirilishi ta’kidlandi.
Mazkur tadbir aholining iste’mol sohasidagi huquqiy bilimlarini oshirish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda Federatsiya safiga yangi a’zolarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening