Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 2026-yilning to'qqiz oylik faoliyati yakunlari sarhisob qilinib, mavjud kamchiliklar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Yig‘ilishni Federatsiya raisi Jahongir Sarimsoqov olib bordi. Kun tartibiga muvofiq, Federatsiya va uning hududiy tuzilmalarining uchinchi chorakdagi faoliyati, qonunchilik hujjatlari ijrosi, shuningdek, Toshkent shahar va Namangan, Samarqand, Farg'ona, Surxondaryo, Sirdaryo viloyatlari hududiy birlashmalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, hududiy birlashmalari hamda ularning tuman-shahar jamiyatlari moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini o‘rganish natijalari muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Hisobot davrida fuqarolardan 17 573 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 17 143 tasi yoki 97,6 foizi ijobiy hal etilgan. Natijada iste’molchilar foydasiga 73,2 milliard so‘mlik moddiy va ma’naviy zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida sudlarga 288 ta da’vo arizasi kiritilib, sud qarorlari asosida 18,4 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ undirildi. Nazorat organlari orqali esa 73 million so‘mlik zarar iste’molchilar foydasiga qoplab berildi.

Yig‘ilishda murojaatlarni qonuniy va xolis ko‘rib chiqish, nizolarni sudgacha hal etish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda targ‘ibot ishlarini faollashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Tadbir yakunida 2026-yilning to‘rtinchi choragida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar belgilab olinib, hududiy tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.

1091 — Yagona ishonch telefoni (soat 09:00 dan 18:00 ga qadar)

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening