Выберите язык

Kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarning haqqoniy va asosli hisoblanishi iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashning muhim shartidir. Foydalanilmagan xizmat uchun qarzdorlik shakllantirilishi esa fuqaroga asossiz moliyaviy majburiyat yuklashi mumkin. Shu bois bunday murojaatlarni o‘rganish va aniqlangan muammolarni qonuniy tartibda bartaraf etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqaro S.Usmonovning Federatsiyaning ishonch telefoni orqali yo‘llagan murojaati o‘rganildi. Murojaatda Andijon shahridagi xonadonda uzoq muddat davomida hech kim yashamagani va tabiiy gazdan foydalanilmaganiga qaramay, iste’molchiga 3 million 410 ming 949 so‘m miqdorida qarzdorlik hisoblangani hamda mazkur qarzdorlik Majburiy ijro byurosiga chiqarilgani bayon etilgan.

O‘rganish jarayonida mazkur qarzdorlik hisoblangani aniqlandi. Iste’molchiga xonadonda tegishli davrda hech kim yashamaganini tasdiqlovchi mahalla fuqarolar yig‘inining rasmiy bildirish xatini taqdim etish tavsiya qilindi. Tasdiqlovchi hujjatlar asosida Majburiy ijro byurosiga chiqarilgan qarzdorlikni qaytarish hamda foydalanilmagan tabiiy gaz xizmati uchun shakllangan noreal qarzdorlikni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening