Выберите язык

FUQARO MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI

Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga fuqaro I.J. tomonidan “Rent A Car” avtomobil ijarasi xizmati bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Fuqaro murojaatida avtomobil ijarasi uchun 2 400 000 so‘m garov puli to‘lagani, biroq avtomobilni belgilangan muddatda qaytara olmagani sababli undan 22 000 000 so‘m miqdorida jarima undirilishi ko‘zda tutilganidan norozi ekanligini bildirgan.

Murojaat mas’ullar tomonidan o‘rganilib, “Rent A Car” tomonidan korxonaning ichki tartib-qoidalariga asoslangan holda fuqarodan 22 000 000 so‘m miqdoridagi jarimani undirishga urinish holati ko‘rib chiqildi. Olib borilgan ishlar natijasida mazkur jarima bekor qilinib, fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

Natijada, fuqaroning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga erishildi.

Iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish — doimiy e’tiborimizda!

Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilar huquqlarini tiklash va ularning muammolariga amaliy yechim topish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening