Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini tezkor va samarali ko‘rib chiqish O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shuningdek Federatsiyaga kelib tushayotgan murojaatlar asosida iste’molchilarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha amaliy ishlar muntazam ravishda olib borilmoqda.
Ana shunday murojaatlardan biri Toshkent viloyati Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.A. tomonidan yo‘llandi. Murojaatda fuqaro “Medical Center Chinor” MChJ klinikasida ko‘rsatilgan tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq masalada amaliy yordam so‘ragan. Murojaatda qayd etilishicha, iste'molchi klinikada qovoq oldirish amaliyoti xizmatidan foydalangan bo'lib, qovoqlari ikki xil olinganini ma'lum qilib, qovoqlari ikki xil bitganligini hamda to'lagan pullarini qaytarishda amaliy yordam so'ragan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashma xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o‘rganilib, holat yuzasidan tegishli ishlar olib borildi. O‘rganishlar davomida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot vakillari bilan muzokaralar o‘tkazilib, masalani qonunchilik asosida hal etish choralari ko‘rildi.
Natijada fuqaro tomonidan tibbiy xizmatlar uchun to‘langan 4 million so‘m mablag‘ qaytarildi. Shuningdek, dori vositalari uchun qo'shimcha 2 million so‘m mablag‘ ham iste’molchiga qaytarib berildi.
Olib borilgan amaliy ishlar samarasida fuqaroning jami 6 million so‘m miqdoridagi mablag‘i qaytarilishi ta’minlanib, uning iste’molchi sifatidagi qonuniy huquqlari tiklandi.
Mazkur holat iste’molchilarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda yuzaga kelgan muammolarni amaliy yechimlar orqali bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yana bir amaliy natijasi bo‘ldi.
Iste’molchi huquqlari — qonun himoyasida!
Fuqaro murojaati ijobiy hal etilib, 6 million so‘m mablag‘ qaytarildi
- Информация о материале
- Автор: Poytaxt matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 15
























