Выберите язык

Qumqo‘rg‘onda gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaat amaliy yechim topdi

Aholining kundalik hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan maishiy xizmatlar bilan bog‘liq murojaatlarni o‘rganish va iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida Qumqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Qumqo‘rg‘on tumani Xo‘jamulki MFY, Zarkamar ko‘chasi, 5-uyda yashovchi fuqaro Raxmonqulov Farxod Shaymardonovich gaz ta’minoti masalasida jamiyatning ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Fuqaroning murojaatida xonadoniga maishiy gaz balloni yetkazib berilishi bilan bog‘liq muammo ko‘tarilgan. Murojaat jamiyat xodimlari hamda “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganilgan.

O‘rganish davomida xonadonga maishiy gaz balloni “Qumqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan suyultirilgan gaz bilan to‘ldirib berilgani ma’lum qilindi.

Shu tariqa fuqaroning murojaati amaliy yordam asosida ijobiy hal etilib, unga suyultirilgan maishiy gaz yetkazib berilishi ta’minlangan. Tegishli tashkilot tomonidan bu holat rasmiy ravishda tasdiqlangan.

Fuqaro Raxmonqulov Farxodga murojaati yuzasidan ko‘rilgan choralar haqida ma’lumot berilgan hamda javobdan norozi bo‘lgan taqdirda yuqori turuvchi organlarga murojaat qilish huquqi tushuntirilgan.

Mazkur murojaat ham fuqarolarning kundalik hayotida yuzaga kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida o‘rganish va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligini ko‘rsatadi.

Iste’molchi murojaati — e’tibor va amaliy yechimga loyiq.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening