Выберите язык

Fuqarolar murojaati joyiga borib o‘rganildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 10-91 ishonch telefoniga 2026-yil 18-sentabr kuni Kattaqo‘rg‘on tumani Yangiravot MFY, Durbesh ko‘chasida yashovchi fuqaro J.J. murojaat qilgan.
Murojaatida fuqaro yashash xonadoniga oxirgi marta 90 kun avval suyultirilgan gaz ballon yetkazib berilganini, shundan so‘ng gaz balloni qayta to‘ldirilib, almashtirib berilmaganidan noroziligini bildirgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari fuqaroning xonadoniga borib, holatni joyida o‘rgandilar.
O‘rganish natijasida murojaatchi hamda Yangiravot MFY aholisi uchun suyultirilgan gaz ballonlari “Kattaqo‘rg‘ontumangaz” gaz ta’minoti tashkiloti xodimlari tomonidan yetkazib berildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening