Выберите язык

Ko'p hollarda fuqarolar gaz hisoblagichi buzilsa, uni o'z hisobidan almashtirish kerak deb o'ylaydi. Biroq, har doim ham bunday emas! Kegeyli tumani fuqorasi R.Usnatdinovning murojaati buning yaqqol misolidir. Muammo nima edi?

Fuqaroning oilasiga o'rnatilgan elektron gaz hisoblagich kutilmaganda ishdan chiqib, oilaga tabiiy gazning kelishini butunlay to'sib qo'yilgan. Gaz ta'minoti tashkiloti bo'lsa, yangi uskunani fuqaroning o'z hisobidan olib berishni talab etadi. Qizig'i, nosozlik bo'yicha rasmiy ekspertiza xulosasi ham, boshqa bir qonuniy asoslar ham taqdim etilmasdan, xarajatning fuqaro zimmasiga yuklanishiga harakat qilingan.

Operativ reaksiyalar natija berdi
Fuqaro bu muammoli vaziyat bo'yicha Kegeyli tumani Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etadi. Jamiyat boshlig'i P.Adilshaev boshchiligida muammo darhol nazoratga olindi. "Kegeylitumangaz" tashkilotiga yuborilgan rasmiy so'rov va o'rganishlar o'z natijasini berdi.

Oqibati – adolatli yechim
Tekshiruv natijasida gaz hisoblagichi haqiqatdan ham nosoz ekanligi aniqlandi. "Kegeylitumangaz" xodimlari tomonidan hisoblagich yangisiga bepul almashtirib berildi.Siz ham o'z huquqlaringizni talab qilishdan qo'rqmang!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening