Выберите язык

MINGBULOQDA ISTE’MOLCHINING GAZ TA’MINOTI BO‘YICHA MUROJAATI O‘RGANILDI

Mingbuloq tumanida yashovchi fuqaro gaz ta’minoti xodimlari faoliyatidan norozilik bildirib, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qildi.

Mazkur murojaat Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, tegishli gaz ta’minoti tashkilotiga yuborildi.

O‘rganishlar davomida hudud suyultirilgan gaz ta’minotiga moslashtirilgani hamda aholiga tasdiqlangan grafik asosida FACE ID tizimi orqali suyultirilgan gaz yetkazib berilayotgani ma’lum qilindi.

Shuningdek, murojaatchiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilgan.

 

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening