Выберите язык

Gruziya iste’molçilar federasiyasi raisi Madona Koidzening Farğona viloyatiga amaliy taşrifi davom etmoqda.

Taşrif doirasida mehmon Farğona viloyati iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari hududiy birlaşmasi mas’ullari hamrohligida Marğilon şahridagi maşhur «Yodgorlik» ipakçilik fabrikasida böldi.

Taşrif davomida Madona Koidze korxonada ipakdan milliy matolar va tayyor mahsulotlar işlab çiqariş jarayonlari bilan yaqindan tanişdi. Xususan, ipak xomaşyosini qayta işlaşdan tortib, an’anaviy töquv dastgohlarida mato tayyorlaş, milliy naqşlar va bezaklarni aks ettiriş hamda tayyor mahsulotlar işlab çiqariş bosqiçlari mehmon e’tiborini tortdi.

Mehmonga Marğilon ipakçiligining köp asrlik tarixi, avloddan-avlodga ötib kelayotgan hunarmandçilik an’analari, milliy matolarning öziga xos xususiyatlari va korxonaning işlab çiqariş faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Mazkur taşrif Farğona viloyatining boy madaniy merosi, milliy hunarmandçilik salohiyati va mahalliy işlab çiqariş imkoniyatlarini xalqaro hamkorga namoyiş etişda muhim ahamiyat kasb etdi.

Zero, bunday uçraşuvlar nafaqat iste’molçilar taşkilotlari örtasidagi hamkorlikni mustahkamlaş, balki milliy qadriyatlarimiz, hunarmandçilik an’analarimiz va yurtimizda işlab çiqarilayotgan mahsulotlarni xalqaro miqyosda keng tarğib etişga ham xizmat qiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening