⚡️ Gʻuzor tumanida isteʼmolchi murojaati adolatli yakun topdi
💳 Bugungi kunda plastik kartochkalar naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng qulay va zamonaviy vositalaridan biriga aylandi. Ular aholiga xaridlarni tez va xavfsiz amalga oshirish, xizmatlar uchun toʻlovlarni oson bajarish hamda mablagʻlarini ishonchli saqlash imkonini bermoqda.
📍 Qashqadaryo viloyati
📄 Murojaatda koʻrsatilishicha, Gʻuzor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Q tumanda joylashgan "Munis" savdo doʻkoni xodimlari 500 000 soʻmdan ortiq pulni fuqaroni plastik kartochkasidan yechib olishgan.
🖋 Oradan hech qancha oʻtmay fuqaro plastik kartasidan pul yoʻqligini aniqlagan.
📑 Doʻkon xodimlariga borib holatni tushuntirmoqchi boʻlib borganida, doʻkon xodimlari va rahbari tinglashni ham fuqaroga bepisandlik qilishgan.
🏢 Mazkur voqelikdan koʻngli toʻlmagan fuqaro Gʻuzor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.
✔️ Jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida atroflicha oʻrganilib, fuqaro va doʻkon masʼullarini yuzma-yuz suhbat olib borilib fuqaro murojaati asosli ekanligi aniqlandi.
✅ Natijada, isteʼmolchini plastik kartochkasidan yechib olingan 500 000 soʻm miqdoridagi pul naqd holda fuqaroga toʻliqligicha qaytarib olib berildi.
❕Xulosa qilib aytganda, plastik kartochkalardan xavfsiz va masʼuliyat bilan foydalanish har bir isteʼmolchi uchun muhimdir.
⚖️ Muammo yuzaga kelganda esa Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning murojaatlarini ijobiy hal etishda amaliy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
























