Выберите язык

⚡️Gʻuzor tumanida salkam 18 mln soʻmlik nosoz qoʻl telefoni jamiyat xodimlari tomonidan yangi yaroqlisiga almashtirib berildi 

Texnik jihatdan murakkab tovarlar — bu kompyuter, planshet, kamera , telefon va shunga o‘xshash murakkab konstruksiyaga ega mahsulotlardir.

Murojaatda qayd etilishicha, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro D.N tumandagi "IMKON" savdo majmuasidan jami  17 732 000 soʻm boʻlgan "Samsung S25 Ultra" rusumli qoʻl telefonini kredit shartnomasi asosida xarid qilgan.

Oradan 3 oycha vaqt oʻtib, telefon IMEI roʻyxatdan oʻtmaganligi aniqlangan. Fuqaro holatni tushuntirish maqsadida savdo majmuasiga borganida doʻkon rahbari va xodimlari bepisandlik bilan isteʼmolchini eshitishishmagan. 

Shundan soʻng isteʼmolchi, Gʻuzor tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Tuman jamiyati xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida oʻrganilib savdo majmua rahbari va fuqaroni yuzma yuz holatda suhbatlashib holatga oydinlik kiritildi. 

Yakunda, doʻkon rahbari aybini boʻyniga olib, 17 732 000 soʻmga xarid qilingan yaroqsiz qoʻl telefoni  yangi yaroqlisiga almashtirib berildi va murojaat isteʼmolchi foydasiga hal etildi.

✅ Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimining fuqarolarning murojaatlariga tezkor va samarali tarzda javob berish, ularning muammolarini joyida hal etish yo‘lidagi faoliyatining yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening