Выберите язык

⚡️Gʻuzor tumanida “Toza hudud” tomonidan isteʼmolchiga nisbatan hisoblangan noreal qarzdorlik bartaraf etildi

Atrof-muhit tozaligi va tabiatni muhofaza qilish maqsadida qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish hamda utilizatsiya qilish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Toza hudud” DUK aholiga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati Gʻuzor tumanida yashovchi fuqaro J.I Gʻuzor tumani  "Toza hudud DUK" korxonasidan 700 000 soʻm qarzdorlik hisoblanganligi aniqlangan. Fuqaro holatni tushuntirish noreal qarzdorlikni asoslab berishlarini soʻrab "Toza hudud DUK" korxonasiga borganida, korxona xodimlari eshitishni ham istamagan.

Ushbu vaziyat yuzasidan fuqaro Gʻuzor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi. Jamiyat mutaxassislari masalani qonuniy tartibda o‘rganib, natijada texnik xatolik sababli yuzaga kelgan 700 000 soʻm boʻlgan qarzdorlik bartaraf etilib isteʼmolchi foydasiga hal etildi.

✅ Iste’molchi huquqlari qonun bilan kafolatlangan bo‘lib, har bir murojaat mutasaddi tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilishi ta’minlanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening