Выберите язык

🤝 HAMKORLIK ISTIQBOLLARI: MAHALLA RAISLARI VA XODIMLARINI A’ZOLIKKA JALB ETISH KELISHIB OLINDI
​📈 Kelajakda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish samaradorligini oshirish va aholining huquqiy savodxonligini yuksaltirish yo‘lidagi tizimli ishlar davom etmoqda.
​🗓 Joriy yilda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Samarqand shahar jamiyati raisi M.Shodiyev Samarqand shahar Mahallalar uyushmasiga ishchi tashrif buyurdi.
​💼 Tashrif doirasida Mahallalar uyushmasi raisi Jamshed Qodirov bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv davomida shaharda mavjud 215 ta mahalla raislari hamda apparat xodimlarini Federatsiya a’zoligiga jalb qilish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi.
​🎯 Maqsad: Mahalla faollari bilan hamkorlikni kuchaytirish orqali har bir mahallada iste’molchilarning huquq va manfaatlarini yanada ishonchli himoya qilish tizimini yaratishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening