Выберите язык

Hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda Samarqand shahar nemis tiliga ixtisoslashtirilgan 51-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori Karimova Zulxumor Shavkatovna bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, o‘quvchi-yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda iste’molchi sifatidagi huquqlarini bilishlari yuzasidan fikr almashildi.
Shuningdek, maktab jamoasi bilan hamkorlikda o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida iste’molchilar huquqlariga oid targ‘ibot-tushuntirish ishlarini olib borish, turli ma’rifiy tadbirlar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni izchil davom ettirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishib olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening