Выберите язык

Nukus shahri, 22-kichik tumanda yashovchi fuqaro A.N. 2026-yil 25-iyun kuni Nukus shahridagi "I" savdo do‘konidan havo sovutgich (konditsioner) sotib olgan.

Biroq 27-iyun kuni uyiga o‘rnatilganda, uskuna nosoz bo‘lib ishlamay qolgan va holat bo‘yicha servis xizmatiga murojaat qilgan, biroq servis xodimlari kelib ko‘rmagan.

Nukus shahri Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etgandan keyin masala inspektor B.Nurlibayeva tomonidan qat'iy o‘rganilib, iste'molchining huquqlari tushuntirildi.

Natijada Toshkent shahridagi ARTEL servis xizmatining ishonch telefoni orqali xabar olinib, qonunda belgilangan tartibda konditsionerni bepul tuzatish yoki yangisiga almashtirish huquqi borligi tushuntirildi hamda iste'molchining huquqi ta'minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening