Выберите язык

   Dunyoda shunday qadriyatlar borki, ular jamiyatning asl bag‘rikengligi va ma’naviy yuksakligini belgilab beradi. Ana shunday ezgu mezonlardan biri — alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan, taqdir sinovi bilan uyga yoki maxsus sharoitga bog‘lanib qolgan bolajonlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikdir. Chunki har bir farzand, uning jismoniy imkoniyatlari qanday bo‘lishidan qat’i nazar, bilim olish, jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida ulg‘ayish huquqiga ega.
  O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining topshirig‘iga asosan, Zarafshon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga bilim berish ishlarining joriy holati hamda normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi atroflicha o‘rganildi.
Jamiyat mutaxassislari shahardagi mavjud 14 ta umumta’lim maktablarida bo‘lib, ta’lim muassasalari qaramog‘idagi bolajonlarning inklyuziv hamda uyda yakka tartibda ta’lim olish sharoitlari bilan yaqindan tanishdilar.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening