Выберите язык

   O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Navoiy viloyati hududiy birlashmasi Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
🔹 Yig‘ilishda hududiy birlashma faoliyatiga oid dolzarb masalalar, shuningdek, navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasini yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq vazifalar atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Kengash yig‘ilishida konferensiyani o‘tkazish sanasi va joyi, kun tartibi, tuman (shahar) iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollari ishtirokini ta’minlash, konferensiyaga saylanadigan vakillar soni, shuningdek, tayyorgarlik doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
🗓 Muhokamalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyati hududiy birlashmasining navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasini 2026-yil 23-oktabr kuni Navoiy shahrida o‘tkazish belgilandi.
🔹 Shuningdek, konferensiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish, hududlarda tegishli yig‘ilishlarni tashkil etish, delegatlarni saylash hamda konferensiyaga zarur axborot va hisobot materiallarini tayyorlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
✅ Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish, hisobot-saylov konferensiyasini belgilangan tartib asosida, yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar kelishib olindi.
🤝 Navoiy viloyati hududiy birlashmasi tomonidan konferensiyaga tayyorgarlik jarayonlari izchil davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening