Выберите язык


⚖️ 3-Savol: Sotib olingan tovarning kamchiliklari (braki) bor boʻlsa, isteʼmolchi qanday huquqlarga ega?

Javob: 🛠 Fuqarolik kodeksining 434-moddasiga muvofiq, agar siz sotib olgan tovarda oldindan aytilmagan kamchiliklar koʻzga tashlansa, quyidagilardan birini talab qilishga toʻliq huquqlisiz:

1️⃣ Tovarni xuddi shunday markadagi sifatli tovarga almashtirib berishni; 
2️⃣ Tovar narxini oʻsha kamchiligiga mos ravishda kamaytirishni (arzonlashtirishni); 
3️⃣ Tovar kamchiliklarini sotuvchi hisobidan bepul sozlab (taʼmirlab) berishni; 
4️⃣ Shartnomani bekor qilib, toʻlagan pulingizni toʻliq qaytarib olishingizni.

💰 Shuningdek, sifatsiz tovar oqibatida sizga qandaydir zarar keltirilgan boʻlsa, bu zararni ham sotuvchi qoplab berishi shart.

📌 Manba: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi, 408-, 434-moddalari va "Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi qonun.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening