Выберите язык

⚖️ 2-Savol: Turizm va mehmonxona xizmati sohasida kimlar isteʼmolchi hisoblanadi?

Javob: Bu sohada isteʼmolchilar boʻlib turist va mehmon tan olinadi. Oʻzbekiston Respublikasining "Turizm toʻgʻrisida"gi qonuniga koʻra:

🧳 Turist — vaqtincha boʻlib turgan mamlakatidagi (joyidagi) daromad manbalaridan daromad olish bilan band boʻlmagan holda, vaqtincha boʻlish mamlakatiga (joyiga) yigirma toʻrt soatdan ketma-ket oʻn ikki oygacha boʻlgan davrga boruvchi yoki kamida bir kecha tunab qoluvchi jismoniy shaxs.

📸 Ekskursant — vaqtincha boʻlish mamlakatida (joyida) tunab qolmasdan, yigirma toʻrt soatdan oshmaydigan davrda sayohat qiluvchi jismoniy shaxs.

🛌 Mehmonxona xizmatlari boʻyicha buyurtmachi — shartnomaga muvofiq xizmatlarni buyurtma beruvchi yoki sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs hisoblansa, isteʼmolchi (mehmon) — vaqtincha yashash bilan bogʻliq mehmonxona xizmatlarini buyurtma qilgan, sotib olgan va ulardan amalda foydalanuvchi jismoniy shaxs hisoblanadi.

📌 Manba: "Turizm va mehmonxona xizmati sohasida isteʼmolchilarning huquq va majburiyatlari" kitobi

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening