Выберите язык

#Tabrik

Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Avvalo, o‘z hayotini shunday sharafli va mas’uliyatli kasbga bag‘ishlagan Siz, azizlarni kasb bayramingiz — Tibbiyot xodimlari kuni bilan chin qalbdan muborakbod etamiz!

Mamlakatimizda aholi salomatligini asrash, insonlar hayotini muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish va sog‘lom avlodni tarbiyalash yo‘lidagi fidokorona mehnatingiz yuksak e’tirofga sazovordir.

Sizlarning inson salomatligi va hayotini asrashdek oliyjanob faoliyatingiz, mehr-muruvvat va sadoqat bilan olib borayotgan xizmatlaringiz har qanday tahsinga munosib.
Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklab, mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Ezgu ishlaringiz hamisha barakali, el-yurt hurmati va e’tibori doimo hamrohingiz bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Samarqand viloyati Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari


✅Obuna boʻling
https://t.me/istemolsamarqamd

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening