Выберите язык

Bugungi kunda internet xizmati kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Ta’lim olish, masofadan turib ishlash, davlat va bank xizmatlaridan foydalanish, axborot almashish hamda boshqa ko‘plab jarayonlarda barqaror va sifatli internet alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois mazkur xizmatning uzluksiz ko‘rsatilishi bilan bir qatorda, iste’molchi faqat amalda foydalangan xizmati uchun haq to‘lashi ham muhimdir.

Iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini nazorat qilish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati Asaka tumani Cho‘ntak MFY, Uchqo‘rg‘on ko‘chasida yashovchi Toirjonov Muhammadaziz Nodirbek o‘g‘li xonadonidagi internet xizmati joriy yilning 7-iyun kunidan buyon ishlamayotgani, shunga qaramay, internet uchun oylik abonent to‘lovi undirilganidan norozi bo‘lib murojaat qildi.

Mazkur murojaat belgilangan tartibda o‘rganilib, iste’molchining huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida xizmat ko‘rsatuvchi “Uztelecom” AJ bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rilib,o‘rganishlar natijasida internet xizmati ko‘rsatilmagan davr uchun iste’molchi tomonidan to‘langan mablag‘ kelgusi — avgust oyining abonent to‘loviga o‘tkazib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening