Выберите язык

Romitan tumanidagi 19-sonli umumta’lim maktabida pedagog va xodimlar ishtirokida “Iste’molchi va uning huquqlari” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Buxoro viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi sho‘ba boshlig‘i A. Axmadov hamda Romitan tuman jamiyati raisi Sh. Radjabov ishtirok etib, iste’mol madaniyatini yuksaltirish, fuqarolarning huquqiy bilimini oshirish va kundalik hayotda uchraydigan iste’molga oid muammolarga yechim topish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berdi.

Seminarda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunchilik normalari, murojaatlarning shakllari va ularni taqdim etish tartibi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, Federatsiyaning ishonch telefoni orqali murojaat qilish imkoniyatlari hamda murojaat madaniyatining ahamiyati ishtirokchilarga tushuntirildi.

Muloqot davomida iste’molchilardan kelib tushayotgan dolzarb murojaatlar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. O‘z huquqlarini bilish, muammoga duch kelganda uning mazmunini aniq bayon etish va tegishli tashkilotga murojaat qilish huquqiy himoyaning muhim omillari ekani ta’kidlandi.

Iste’mol madaniyati faqat tovar xarid qilish yoki xizmatdan foydalanish bilan cheklanmaydi. U ongli tanlov qilish, mahsulot va xizmat haqidagi ma’lumotlarga e’tiborli bo‘lish, o‘z huquqlariga hurmat bilan yondashish hamda ularni himoya qila olish ko‘nikmalarini ham qamrab oladi. Bu borada pedagoglarning huquqiy savodxonligi yosh avlodda mas’uliyatli iste’mol odatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Savol-javoblarga boy o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mas’ullardan atroflicha javoblar oldi. Uchrashuv iste’molchilar huquqlariga oid bilimlarni mustahkamlash va ulardan kundalik hayotda foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening