Выберите язык

Iste’mol madaniyatini aholi o’rtasida oshirish, iste’molchilarning huquqiy savodxonligini rivojlantirish va qonunchilik normalarini tushuntirish maqsadida O’zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyat hududiy birlashmasi tomonidan ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Jumladan,Qorovulbozor tuman hokimligi bilan hamkorlikda, tuman hokimi birinchi o’rinbosari G’.Junaydov boshchilik tuman barcha tashkilotlari rahbarlari ishtirokida o’quv seminari tashkil etildi. Tadbir davomida birlashma raisi o’rinbosari - ijrochi direktor D.Rajabov, sho’ba boshlig’i A.Axmadovlar nutq so’zlab, iste’molchining huquq va majburiyatlarini tushuntirishdi.

Savol-javob ko’rinishida o’tkazilgan tadbirda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan asosli javoblar olishdi. Bu kabi tadbirlarni tizimli davom ettirishda hamkorlik rejasi kelishildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening