⚡️ “Iste’molchi-burchagi” undan kim ko‘proq manfaatdor !
Bugungi kunda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Har bir fuqaroning sifatsiz mahsulot yoki xizmat tufayli zarar ko‘rmasligi, o‘z haq-huquqlarini erkin talab qila olishi qonun bilan kafolatlangan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi va uning hududiy birlashmalari muntazam ravishda aholining murojaatlarini qabul qilmoqda. Muloqotda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, qonun buzilishlarini oldini olish maqsadida " MULOQOT " dasturida Qashqadaryo viloyati hududiy birlashmasi maʼrifiy targʻibot, monitoring va axborot tahlili shoʻbasi boshligʻi Rustam Berdiyev, Qarshi shahar jamiyati raisi Holmamat Begmatov, Koson tumani jamiyati raisi Ixtiyor Boyqarayev va Qarshi tumani jamiyati raisi Baxtiyor Begaliyevlar bilan birgalikda suhbat olib borildi.
Muloqot jarayonida, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar qaytarildi .
























