Выберите язык

       2026 yil 23 aprel kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan “Navoiyuran” davlat korxonasi ishchi-xodimlari ishtirokida “Iste’molchi doim qonun himoyasida!” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.Mazkur seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni amaldagi qonunchilik bilan yaqindan tanishtirish hamda kundalik hayotda uchraydigan muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri yo‘l tutish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.   Seminar davomida jamiyat mutaxassislari tomonidan iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid qonunlar, iste’molchi va sotuvchi o‘rtasidagi munosabatlar, sifatli xizmat ko‘rsatish talablari, shuningdek, murojaat qilish tartibi haqida batafsil tushunchalar berildi. Ayniqsa, nosoz yoki sifatsiz mahsulotlar uchun pulni qaytarib olish, xizmatlardan norozi bo‘lganda qanday choralar ko‘rish zarurligi yuzasidan amaliy misollar keltirildi.Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldilar. Bu esa seminar samaradorligini yanada oshirdi.

        Yakuniy qismda ishtirokchilarga iste’molchi sifatida o‘z huquqlarini bilish va himoya qilish har bir fuqaroning muhim vazifasi ekani yana bir bor eslatib o‘tildi. Mazkur o‘quv seminari xodimlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning ongida iste’mol madaniyatini shakllantirishga xizmat qildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening