2026-yil 5-iyun kuni “Navoiyuran” DM Uchquduq koni bo‘limida Navoiy shahar, Zarafshon shahar hamda Uchquduq tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari rahbarlari hamkorligida “Iste’molchi doimo qonun himoyasida” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi.
Mazkur tadbirning asosiy maqsadi iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirish hamda amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi.
Seminar davomida ishtirokchilarga iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, sifatsiz mahsulot va xizmatlar bo‘yicha iste’molchilarning huquqlari hamda ularni himoya qilish mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbirda iste’molchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish, aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish va hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob oldilar.
Seminar yakunida iste’molchilar huquqlarini ta’minlash va ularning manfaatlarini himoya qilish borasidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
ISTE’MOLCHI DOIMO QONUN HIMOYASIDA” MAVZUSIDA O‘QUV-SEMINAR TASHKIL ETILDI
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 323
























