Выберите язык

Kundalik turmushda kiyim-kechak sotib olganda sotuvchi isteʼmolchiga toʻliq maʼlumot berishi kerak. Toʻliq maʼlumotga ega boʻlmagan isteʼmolchi G.Kudaybergenova "Mega" savdo markazidan 285 000 soʻmga kiyim sotib olgan, biroq kiyim yuvilgandan soʻng 10 sm ga qisqarib qolgan.

Isteʼmolchi doʻkon xodimlariga murojaat etgan boʻlsa da, ular tovarni almashtirib berishdan bosh tortgan.Huquqlari buzilganini sezgan fuqara oʻz masalasini hal qilish uchun Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat etgan.

Bu murojaat jamiyat inspektori D.Saburova tomonidan qatʼiy oʻrganib chiqildi. Oʻrganish yakunida savdo markazining ish yurituvchisi bilan qonun asosida tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada isteʼmolchining haqiqiy talablari qanoatlantirilib, kiyim toʻliq yangisiga almashtirib berildi.

Bu voqea fuqaroning qonuniy huquqlari toʻliq himoyalanganligini aniq koʻrsatadi. Ish unamli hal qilinganidan soʻng fuqara G.Kudaybergenova oʻz huquqlarini himoya qilishda yordam bergan Nukus shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻzining minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening