Выберите язык

Bilasizmi, va'da berib bajarmaydiganlarni qanday shoshilinch harakatga keltirish mumkin? Bu savolga Nukus shahar Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati amaliy natija bilan javob berdi.

Yaqinda Nukus shahri "Vatanparvar" MFYda yashovchi fuqara R.U “Mega” savdo markazi yonidagi "İ" savdo doʻkonidan havo sovutgich sotib olgan.

Biroq doʻkon xodimlari "3 kun ichida borib oʻrnatib beramiz" deb va'da bergan boʻlsa-da, turli bahonalar bilan bu va'dasini choʻzib kelgan. Chidami tugagan iste'molchi Jamiyatning ishonch telefoniga murojaat etgan.

Natijasi qanday boʻldi? Jamiyat inspektorlari iste'molchining huquqlarini qonun asosida tushuntirib, aralashgandan soʻng "İ" doʻkonining xodimlari darhol harakatga kelib, iste'molchining havo sovutgichini qisqa vaqtda oʻrnatib berdi.

Xizmatdan rozi boʻlgan fuqara Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga oʻzining chin yurakdan minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening