Выберите язык

⚡️Isteʼmolchi huquqlari - qonun himoyasida ! 

Savdo munosabatlarida ko‘p hollarda iste’molchilar va ta’minotchilar og‘zaki kelishuvlarga tayanishadi. Qonunchilikda esa og‘zaki bitim ham, yozma bitim singari, bir xil huquqiy kuchga ega ekani belgilab qo‘yilgan. Shunga qaramay, ayrim hollarda bunday kelishuvlar iste’molchilar manfaatiga zid holatlarni keltirib chiqaradi.

Shunday murojaatlardan biri, Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shaharda joylashgan darvoza yasash sexiga 1  dona 7 million 500 ming soʻmlik darvoza buyurtma qilingan. Oradan bir necha kun vaqt o'tib , darvoza yaroqsiz holatga kelib qolgan .  Iste'molchi darvozani yaroqsiz ekanligini aytish uchun sexdagi ustani oldiga borganida , eshitishni ham istamagan . Shundan so'ng fuqaro Shahrisabz shahar jamiyatiga og'zaki murojaat bilan chiqgan .

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ushbu vaziyatga aralashib, o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida sotuvchi tomonidan iste’molchi huquqlari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlandi.

Jamiyatning aralashuvi natijasida, iste’molchining buzilgan huquqlari tiklanib, nosoz boʻlgan  7 million 500 ming soʻmlik darvoza yangi yaroqlisiga almashtirib berildi. 

✅ Ushbu holat yana bir bor shuni ko‘rsatadiki, agar har bir fuqaro o‘z qonuniy huquqlarini bilsa va zarurat tug‘ilganda tegishli tashkilotlarga murojaat etsa, istalgan muammo qonuniy tartibda hal etilishi mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening