Выберите язык

ISTE'MOLCHI MANFAATI HIMOYA QILINDI
O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 "Ishonch telefoni" orqali Samarqand shahrida yashovchi fuqaro tomonidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro Samarqand shahri Ibn Sino ko‘chasida joylashgan "Poligot" o‘quv markazida ta'lim olish uchun 1 348 000 so‘m to‘lov qilgani, biroq o‘quv mashg‘ulotlari kutilgan natijani bermagani sababli shartnomani bekor qilib, to‘langan mablag‘ni qaytarishni so‘ragani, ammo o‘quv markazi tomonidan pul mablag‘i qaytarilmayotganidan norozi ekanligini bildirgan.
Mazkur murojaat Samarqand shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tomonlar bilan tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada iste'molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, 1 348 000 so‘m pul mablag‘i to‘liq qaytarilishi ta'minlandi.
✅ Natijada iste'molchining buzilgan huquqlari tiklanib, murojaat ijobiy hal etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening