Выберите язык

6 500 000 SO‘MLIK MUZLATGICH TA’MIRLAB BERILDI
Nurota tumanidagi “Nurfaxr” mahallasida yashovchi fuqaro B.M.B. Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qildi.
🔹 Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro 2026-yil 16-iyun kuni tadbirkor Sh.A.dan 6 500 000 so‘mga “Immer” rusumli muzlatgich xarid qilgan. Biroq ma’lum vaqt o‘tgach, muzlatgichda nosozliklar yuzaga kelgan. Fuqaro muammoni bartaraf etish uchun bir necha bor murojaat qilgan bo‘lsa-da, natijaga erisha olmagan.
⚖️ Mazkur murojaat Nurota tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganilib, tadbirkor bilan tegishli tushuntirish va amaliy ishlar olib borildi.
✅ Natijada muzlatgichdagi nosozliklar bartaraf etilib, mahsulot sifatli holatda ta’mirlab berildi. Shu orqali fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlari ta’minlandi.
🤝 Muammosi hal etilgan fuqaro jamiyat mutaxassislariga o‘z minnatdorligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening