Выберите язык

Sho‘rchi tumani Xayrabod mahallasi, Yangiobod ko‘chasida yashovchi fuqaro Samadotov Eldor Shermamatovich tomonidan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 ishonch raqamiga murojaat kelib tushgan.

Murojaat Sho‘rchi tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganilib, mas’ul xodimlar ishtirokida savdo shoxobchasiga joyiga chiqib tekshiruv o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, iste’molchi 2025-yil 14-oktabr kuni yakka tartibdagi tadbirkor Boqiev Sirojiddinga qarashli savdo do‘konidan Redmi Note 14 Pro Plus 5G rusumli telefonni 5 000 000 so‘mga xarid qilgan.
2026-yil fevral oyida telefon yangilangandan so‘ng undagi 2 ta akkaunt o‘chib ketgani sababli iste’molchi yetkazilgan moddiy zarar yuzasidan murojaat qilgan.

Masala joyida ko‘rib chiqilib, savdo do‘koni rahbariga qonunchilik talablari tushuntirildi.
Natijada, iste’molchiga:

telefon uchun to‘langan 5 000 000 so‘m,

akkauntlarni tiklash bilan bog‘liq zarar uchun 1 000 000 so‘m

miqdoridagi mablag‘lar savdo do‘koni tomonidan naqd pul shaklida qaytarib berildi.

📌 Iste’molchilar huquqlari buzilgan holatlarda
1091 ishonch raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening