Выберите язык

O’zbekiston Respublikasида iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o’z vaqtida hamda holisona ko’rib chiqish, shuningdek yuzaga kelayotgan nizoli vaziyatlarga adolatli va qonuniy yechim topish borasida tizimli va izchil ishlar olib borilmoqda.
O'zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining Toshkent shahar hududiy birlashmasiga federatsiya “Ishonch telefoni” 1091 orqali Toshkent viloyati Chinoz tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.A. murojaati kelib tushdi. Murojaatda bildirilishicha, fuqaro 2026-yil 4-avgust kuni “Abu Saxiy” savdo majmuasining G-blokida joylashgan 140-sonli savdo do’konidan ukasi uchun mobil telefon xarid qilgan. Xarid vaqtida sotuvchi tomonidan xarid cheki taqdim etilmagan. Keyinchalik telefon ukasiga yoqmaganligi sababli, fuqaro 6-avgust kuni ushbu do’konga qayta murojaat qilib, telefonni qaytarish va sarflangan mablag’ni qaytarib berishni so’ragan. Biroq sotuvchi tomonidan pulni qaytarishdan bosh tortilib, faqat qo’shimcha to’lov evaziga boshqa telefon modeliga almashtirish taklif qilinganligidan norozilik bildirgan.   
Makzur  murojaat  Hududiy birlashma xodimlari tomonidan belgilangan tartibda o’rganib chiqildi. O’rganish jarayonida murojaatda keltirilgan holatlar yuzasidan savdo do’koni rahbariyatiga murojaat etilib, tushuntirishlar olib borildi hamda masalani qonun asosida hal etish yuzasidan tegishli choralar ko’rildi.Olib borilgan ishlar samarasi o’laroq, fuqaroning murojaati to’liq ijobiy hal etildi — unga tegishli 1 million 250 ming so’m miqdoridagi mablag’ savdo do’koni tomonidan to’liq qaytarib berildi. 
Ushbu holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini yana bir bor namoyish etib, tadbirkorlik subyektlari bilan iste’molchilar o’rtasidagi munosabatlarda qonuniylikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening