Выберите язык

Qo‘shko‘pir tumani Pinagaz MFYda yashovchi fuqaro S.I. Urganch shahrida joylashgan savdo do‘konidan “Lasetti” avtomobili uchun 1 000 000 (bir million) so‘mga orqa fara xarid qilgan.
Iste’molchi mazkur mahsulotni pochta orqali chet davlatga yubormoqchi bo‘lgan. Biroq fara uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lmaganligi sababli mahsulotni chet davlatga chiqarishning imkoni bo‘lmagan. Shu sababli iste’molchi farani savdo do‘koniga qaytargan.
Biroq do‘kon xodimi mahsulot uchun to‘langan 1 000 000 so‘m mablag‘ni darhol qaytarish o‘rniga, bir oydan so‘ng 800 000 so‘m qaytarilishini bildirgan. Mazkur holatdan norozi bo‘lgan iste’molchi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Ishonch telefoni 1091 orqali murojaat qilgan.
Murojaat Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganilib, iste’molchi va savdo do‘koni o‘rtasidagi masala muhokama qilindi.
O‘rganishlar natijasida iste’molchi tomonidan to‘langan 1 000 000 so‘m mablag‘ qiymatidagi boshqa mahsulotni do‘kondan tanlab olishi bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal qilinib, iste’molchining manfaatlari ta’minlandi.
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
Ishonch telefoni: 1091

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening