Выберите язык

Joriy yilning 6-may kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro R.G'uchchiyeva tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro Chilonzor tumani Bunyodkor savdo kompleksida joylashgan 40-do'kondan ayollar kostyum shimini  xarid qilgan va shu kunning o'zida mahsulot do'konga qaytarib berilgan bo'lsada, do'kon tomonidan pul mablag'lari qaytarib berilmaganidan norozilik bildirilgan.

Mazkur murojaat O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasi  tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida murojaatchi hamda savdo do‘koni vakillari bilan suhbatlar o‘tkazilib, holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablari asosida tegishli tushuntirish va choralar ko‘rildi.

Shuningdek, iste’molchilarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqlarini tiklash maqsadida masalaga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent shahar hududiy birlashmasi hodimlari tomonidan  olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaroning 1 million 882 ming so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari to‘liq qaytarib berilishiga erishildi.

Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida murojaatlarni tezkor va adolatli ko‘rib chiqish muhim ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi. Fuqarolar xarid jarayonida o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi eslatib o‘tildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening