Выберите язык


Iste’molchilar huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot

Davlatobod tumanidagi 90-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga a’zolikni targ‘ib etish hamda iste’molchilarning huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Davlatobod tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi tomonidan maktab jamoasiga iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlari, ularni himoya qilish mexanizmlari, kundalik hayotda uchrashi mumkin bo‘lgan iste’mol muammolari hamda bunday holatlarda murojaat qilish tartiblari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, iste’molchilarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida ham tushuntirishlar berildi.


Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berilib, iste’mol madaniyatini yuksaltirish hamda aholining huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlarini izchil davom ettirish muhimligi qayd etildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening