Выберите язык

 

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimida aholi o‘rtasida iste’mol madaniyatini oshirish, huquqiy savodxonlikni mustahkamlash hamda dolzarb masalalar yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borish maqsadida hududlarda targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Jumladan, Sariosiyo tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassisi tomonidan tumandagi 8-sonli MTTda “Iste’molchi plastik karta bilan savdo qilishda va xizmat ko‘rsatishda yuzaga kelayotgan muammolar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Shuningdek, tumandagi tibbiyot birlashmasiga qarashli Sharg‘un shahar poliklinikasida “Iste’molchi onlayn xarid qilingan tovarni qaytarishga haqlimi?” mavzusida davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilarga amaldagi qonunchilik talablari asosida batafsil tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, Jarqo‘rg‘on tumanidagi 11-sonli hamda 25-sonli umumta’lim maktablarida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan targ‘ibot va davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida fuqarolarga iste’molchi sifatida o‘z huquq va majburiyatlari, shuningdek, muammoli holatlarda murojaat qilish tartiblari yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

☎️ 1091 – Ishonch telefoni orqali o‘z murojaatlaringizni yo‘llashingiz mumkin.

#IstemolchiHuquqlari #Targibot #1091 #Sariosiyo #Jarqorgon

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening