Выберите язык

Bugungi kunda iste'molchilarning huquqiy savodxonligini, ularning sohaga oid so‘nggi yangiliklardan, iste'molchilik ijtimoiy harakati faoliyati, Federatsiya  va uning hududiy tuzilmalari tomonidan olib borilayotgan ishlar yuzasidan xabardorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu sababdan ham iste'molchilarga amaliy ko‘mak berish maqsadida joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibot va tushuntirish ishlarining ushbu jarayondagi o‘ziga xos o‘rni va ahamiyati katta. 

Marg‘ilon shahri

Shahardagi 9-musiqa maktabi jamoasi taklifiga asosan jamoa a'zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda bugungi kunda tezkorlik bilan rivojlanib borayotgan, axborot texnologiyalari vositasida amalga oshirilayotgan onlayn savdo orqali tovarlar xarid qilish, bu yo‘l bilan tovar sotib olinib, unda nuqsonlar aniqlanganda yoki tovarni almashtirish, sotuvchiga qaytarish, shartnomani bekor qilish kabi masalalarga duch kelinganda amalga oshiriladigan sa'y-harakatlar muhokama markazida bo‘ldi. Kun tartibidagi masala yuzasidan tadbir ishtirokchilariga hayotiy misollar bilan atroflicha tushuntirishlar berib o‘tilib, ularning savollariga javoblar qaytarildi.

Qo‘shtepa tumani

Farg‘ona nasos stansiyalari, aloqa va energetika boshqarmasi tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida tashkillangan targ‘ibot tadbirida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik, uning ijrosini ta'minlash va ijrosi ustidan jamoatchilik olib borishda Federatsiyaning joylarda tashkillangan tayanch guruhlarini o‘rni va roli, iste'molchilik ijtimoiy harakatida ishtirok etishning  ahamiyati haqida so‘z bordi. Tadbir doirasida tashkilot ishchi xodimlarini bu borada Federatsiya tizim tashkilotlari bilan yaqindan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik olib borishga chaqirildi.

Beshariq tumani

Federatsiyaning tuman jamiyati mas'ullari hududdagi 41-umumta'lim maktabi hamda 27-davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bo‘lishib, mazkur ta'lim muassasalari xodimlarini yurtimiz iste'molchilik ijtimoiy harakatida faol ishtirok etishlari yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlarini olib bordilar. Tadbirlar doirasida Federatsiya va uning quyi tuzilmalari tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini borasida olib borilgan ishlar yuzasidan axborotlar ham berib o‘tildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening