⚡️Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik masalalarida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Qarshi shahridagi "Maʼnaviyat va Nuroniylar markazi" binosida" Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilimlari va iste'mol madaniyatini oshirishda Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy boshqarmasi bilan olib borilayotgan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik" mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Hududiy birlashma tomonidan media-tadbirlar rejasi asosida tashkillangan mazkur muloqot Raqobat boshqarmasi hamda O‘zNNTMAning viloyat hududiy bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazildi.
Tadbirda : Kasbi, Gʻuzor, Qamashi, Koʻkdala, Nishon, Muborak, Qarshi tumani va Qarshi shahar jamiyati raislari hamda hududiy birlashma mutaxassislari ishtirok etishdi.
Muloqot jarayonida iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik ijrosini ta'minlanishida, shuningdek iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim saviyasi va iste'mol madaniyatini oshirish yo‘nalishidagi ishlarda davlat va nodavlat tashkilotlarining ijtimoiy sherikligi va hamkorligining o‘rni va ahamiyati, qonunchilikka kiritilgan so‘nggi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
✅ Shuningdek, muloqot doirasida ishtirokchilarining tadbir mavzusiga oid masalalardagi fikr-mulohaza hamda takliflari tinglanib, ularning ushbu yo‘nalishdagi savollariga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.
























