Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi.

Mazkur hujjat zamonaviy bozor munosabatlari sharoitida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda ta’lim va amaliyot integratsiyasini ta’minlash maqsadida tuzildi. Hamkorlik doirasida yuridik ta’lim jarayoniga amaliy ko‘nikmalarni keng joriy etish, sohada qo‘shma ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, memorandumda qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish, soha uchun malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning amaliy tajribasini oshirish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Ushbu kelishuv natijasida talabalar uchun Federatsiya tizimida amaliy tajriba orttirish imkoniyatlari kengayib, sohadagi dolzarb masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal etish uchun mustahkam zamin yaratiladi.

Mazkur tashabbus tomonlarning salohiyatini birlashtirgan holda, aholining iste’molchilik huquqlari bo‘yicha xabardorligini oshirish, ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish hamda mamlakatda huquqiy davlatchilikni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim qadam hisoblanadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening